Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotib olishning minimal yoshi 21 yoshga ko'tariladi

E’lon qilingan sana· 107
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotib olishning minimal yoshi 21 yoshga ko'tariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda isteʼmol qilishni cheklash toʻgʻrisida"gi qonunning yangi tahririda alkogolli ichimliklar, sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, mahsulotlarni sotib olish va sotishning eng kam yoshini oshirish haqida soʻz boradi. Yangilangan hujjat “Xalq so‘zi” tomonidan e’lon qilindi.

Bungacha bunday mahsulotlarni sotib olish uchun minimal yosh 20 edi.

Sotuvchi 21 yoshdan kichik bo’lgan xaridorlardan yoshni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini talab qilishi kerak. Shuningdek, alkogolli va nikotinli mahsulotlarni savdo avtomatlari yoki o’z-o'ziga xizmat ko’rsatish javonlari orqali; elektron tijorat resurslari orqali, shuningdek yetkazib berish orqali (ko‘pikli va tabiiy vinolardan tashqari); statsionar chakana savdo obyektlaridan tashqarida; qo’llardan yoki tashqi savdo orqali; dorixonalarda; bolalar tovarlari do’konlarida; tibbiy, ta’lim, madaniyat, sport, sanatoriy, tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududida; ta’lim, sport, diniy muassasalar hududidan 100 metrdan kam masofada (1000 kv.m.dan katta savdo majmualari bundan mustasno) sotish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallar, daryo portlari va metro stansiyalarida sigaretalar va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi. Bojsiz do’konlar uchun istisno mavjud.

Sigaretani alohida, o‘ramsiz yoki o‘rami ochiq holda sotish taqiqlanadi.

Alkogolli mahsulotlarni belgilangan minimal narxlardan past narxlarda sotish mumkin emas. Plastik idishlarga faqat pivo uchun ruxsat beriladi.

Qonun 25-avgustdan kuchga kiradi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ