Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi
E’lon qilingan sana: · 242

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyunga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Idora 18-iyun sanasi Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Bu 28-iyun sanasiga to‘g‘ri keladi.
Bayram munosabati haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 29−30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.