Yugurish musobaqalari o'tkazilishi sababli Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

E’lon qilingan sana· 651
Yugurish musobaqalari o'tkazilishi sababli Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Yoshlar kuni munosabati bilan ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda 23-iyundan 25-iyungacha avtomobillar harakati cheklanadi.

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, shu munosabat bilan poytaxtdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Jumladan, 23-iyun kuni soat 00:00 dan 25-iyun kuni soat 10:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qism yopiladi.

25-iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
  • Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha bo‘lgan qismda avtomobillar harakati cheklanadi.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ