Anons

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Tabiat bilan uyg'unlikda” tadbiri

E’lon qilingan sana· 69
Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Tabiat bilan uyg'unlikda” tadbiri

Toshkent botanika bogʻida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Tabiat bilan uyg’unlikda” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining EcoUnion jamoasi vakillari tomonidan qogʻozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan toʻqish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashgʻulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, tadbirda yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik innovatsion loyihalar koʻrgazmasi taqdim etiladi. Qolaversa, ekoblogerlar, ekofaollar, yoshlar vakillari ishtirokida master-klasslar, yoshlarda hayvonlarga mehr uygʻotishga qaratilgan chiqishlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarni taqdirlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari oʻrtasida ekologiyaga oid savol-javoblar viktorinasi ham oʻtkaziladi va gʻoliblar taqdirlanadi.

Dastur soat 10:00 da boshlanadi. Tadbirning asosiy qismi va ko‘rgazma esa soat 16:00da boshlanadi.

Kirish bepul.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ