O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn-xizmati ishga tushdi

E’lon qilingan sana· 317
O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn-xizmati ishga tushdi

22-iyun sanasidan O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berish yangi texnologik Uklon onlayn-xizmati ishga tushdi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati har bir aniq yo‘nalish uchun belgilangan va asoslangan narxdir.

Avtomobilga onlayn buyurtma berish uchun O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ikkita ilovadan — yo‘lovchilar uchun Uklon va haydovchilar uchun Uklon Driver ilovalaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Uklon ilovasini iOS va Android mobil qurilmalariga yuklab olish mumkin. Uni o‘rnatish orqali foydalanuvchilar dastlabki uchta sayohat uchun 35% gacha chegirmaga ega bo‘lishadi.

Uklon foydalanuvchilar uchun bir qator afzalliklar beradi — foydalanuvchi sayohatning yakuniy narxini oldindan biladi, hamda narx hatto ko‘chalardagi tirbandliklar asosida ham o‘zgarmaydi. Lekin avtomobil kutish vaqti tufayli o‘zgarishi mumkin. Yo‘lovchi narxga rozi bo‘lib, buyurtma bergandan so‘ng, yo‘lovchi uchun narx o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, sayohat narxini nazorat qilsa bo‘ladi — agar foydalanuvchi mashinani uzoqroq kutib turishga tayyor bo‘lsa, narxni pasaytirish yoki shoshayotgan bo‘lsa, uni oshirishi mumkin.

Uklon xizmatini ishga tushirishning dastlabki oylarida haydovchilar uchun har bir bajarilgan buyurtma uchun va avtomobilni brend bezagida yasattirgani uchun bonuslar mavjud. Bundan tashqari, kompaniya litsenziya hamda moslashuvchan shartlar va ish sektorini boshqarish qobiliyatiga ega haydovchilarga qo‘shimcha bonuslar ham beradi. Masalan, shaharning istalgan hududida harakatni qulay rejalashtira olish qobiliyati uchun.

“Uklon Ukrainada xizmat ko‘rsatish hajmi va sifati bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan. Biz yuqori salohiyatga ega qator mamlakatlarga sarmoya kiritib, faol ravishda kengayishga qaror qildik. Jahonda buyuk tarixiga ega, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonda biz katta salohiyat ko‘rmoqdamiz. Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib, biznesga, Toshkent iqtisodiyotiga, ish o‘rinlari va sifatli xizmat ko‘rsatishga sarmoya kiritishga qaror qildik. Ishonchim komilki, biz toshkentliklar uchun birinchi darajali xizmatni taqdim eta olamiz”, — dedi Sergey Smus, Uklon loyihasi hammuallifi.

Uklon — bu Ukraina IT-mahsulot kompaniyasi bo‘lib, u avtomobillarga onlayn-buyurtma berish xizmatini taqdim etadi. Bundan 13 yil avval Uklon IT-sohasidagi yosh iste’dodli yigitlarning kapital qo‘yilmalari asosida startap sifatida tashkil etilgan edi. 200 ming dollarlik dastlabki sarmoyadan bugungi kunda kompaniya jahon gigantlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashadigan jiddiy texnologiya o‘yinchisiga aylandi. Bugungi kunda Uklon Ukraina va Ozarbayjonda faoliyat yuritadi va yangi bozorlarga chiqishni davom etadi. Uklon ilovasi shu kunga qadar 12 mln dan ortiq yuklab olingan va platformada 100 ming dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilarga ega.

Uklon Forbes jurnaliga ko‘ra eng yaxshi 30 ta top-startaplardan biridir. Bundan tashqari, kompaniya bir necha bor eng yaxshi ish beruvchi va ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkor sifatida turli tanlovlar g‘olibi deb topilgan. Kompaniya ushbu falsafa hamda yondashuvni yangi bozorlarga olib chiqadi va ular mehmondo‘stlik bilan qabul qiladigan mamlakatlar madaniyatini hurmat qiladi.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ