Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko‘paytirildi

E’lon qilingan sana· 1009
Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko‘paytirildi

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo’lga qo’yilgan edi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati — Chorvoq" yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.

Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo’naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi — 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi, deyiladi xabarda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ