Hafta davomida issiq yana kuchayadi

E’lon qilingan sana· 70
Hafta davomida issiq yana kuchayadi

O‘zgidromet`ning xabar qilishicha, boshlangan haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari harorat +39…+42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek, 24−25-iyul kunlari respublika shimolida ba’zi joylarda +43…+44 darajaga yetadi.

Tog‘li hududlarda 24-iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda 24−27-iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 24−27-iyulda +39…+42 daraja, 28-iyulda +38…+40 daraja bo‘ladi.

Ushbu haftada kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, havo harorati o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichlarga yetib bormaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ