Toshkent shahrida 28−30-iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, juma kuni kechga tomon 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kuni harorat +35…+37 daraja, dam olish kunlari +36…+39 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni nisbatan salqin havoning kirib kelishi O‘zbekistonning qolgan barcha hududlariga tarqaladi, ammo haroratning pasayishi respublikaning shimoli-g‘arbida pasaygani kabi sezilarli bo‘lmaydi.
Ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi.
Respublika hududining katta qismida 28-iyul kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz past bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.