Anons
Geek Con Tashkent festivali
E’lon qilingan sana: · 229

Central Park`da Geek Con Tashkent festivali bo’lib o’tadi.
Geek Con Tashkent — O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan Comic Con festivalining uzoq kutilgan analogidir.
Mehmonlarni nimalar kutmoqda:
- taklif qilingan xorijiy aktyorlar;
 - kospleylar tanlovi;
 - suvenirlar va mahsulotlar yarmarkalari;
 - orkestrdan saundtreklar ijrosi;
 - fotozonalar;
 - hamfikrlar bilan tanishish;
 - keytering.
 
Birinchi taklif etilgan mehmon aktyor va dublyaj rejissyori — Aleksandr Gavrilin bo’ldi. U “Qasoskorlar” va “Tor” turkumidagi filmlarda Loki qahramonlari, shuningdek, “Twilight” va “Betmen” filmlarida Robert Pattinson ijro etgan obrazlarga rus tilida ovoz bergan.
Chipta narxi:
- Geek Con Tashkent`ga — 100 000 so‘m;
 - Aleksandr Gavrilindan avtograf va u bilan fotosessiya uchun — 50 000 so‘m.
 
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Tadbirga kirish 13 yoshdan oshgan shaxslar uchun bo’lib, qat’iy chiptalar orqali amalga oshiriladi.
Yosh ishtirokchilarga ota-onalar hamrohlik qilishi mumkin.
24-sentabr 2023
15:00
Toshkent, Beruniy ko‘ch., 41