Toshkent shahrining doimiy aholisi 2 999 500 kishiga yetdi

E’lon qilingan sana· 77
Toshkent shahrining doimiy aholisi 2 999 500 kishiga yetdi

Toshkent shahar Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra , 2023-yil 1-iyul holatiga koʻra, poytaxtda doimiy yashovchilar soni 2 999 500 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan: erkaklar — 1 471 700 kishi; ayollar — 1 527 800 kishi.

Hududlar bo‘yicha tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, tumanlar orasida eng ko‘p aholi soni Olmazorda bo’lib, uning aholisi 395 ming kishini tashkil qiladi. Eng kam aholi Bektemir tumanida — 55,7 ming kishi.

Tumanlar boʻyicha aholi soni:

  • Olmazor tumani — 395,0 ming kishi;
  • Yunusobod tumani — 366,9 ming kishi;
  • Shayxontohur tumani — 360,5 ming kishi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — 323,1 ming kishi;
  • Uchtepa tumani — 293,5 ming kishi;
  • Yashnobod tumani — 289,4 ming kishi;
  • Chilonzor tumani — 271,9 ming kishi;
  • Yangihayot tumani — 161 ming kishi;
  • Mirobod tumani — 150,1 ming kishi;
  • Sergeli tumani — 162,3 ming kishi;
  • Yakkasaroy tumani — 126,9 ming kishi;
  • Bektemir tumani — 55,7 ming kishi.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ