Anons
EduCO Fest yoshlar festivali
E’lon qilingan sana: · 91

Mirzo Ulug’bek nomidagi Markaziy xiyobonda (Central Park) Toshkentda ilk bor EduCO Fest yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir.
EduCO Fest — taʼlim va ekologiyaning o’zaro uyg’unligi boʻlib, Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega boʻlgan yashil taʼlim konseptsiyasini targʻib qilish, ularning Oʻzbekistondagi yashil taʼlim sohasidagi joriy va yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir dasturi:
- 17:00−23:00 — Yashil o’quv burchagi. “Pecha-kucha” formatidagi qisqa nutqlar. Taqdimotni hududiy yosh ekofaollar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari olib boradilar;
- 15:00−21:00 — Eko Zakovat. 17−25 yoshli yosh ishtirokchilar jamoalari uchun ekologiya bo’yicha savollardan iborat viktorina o’yini;
- 16:00−22:00 — SWAP Bozor;
- 17:00−20:00 — kiyimlarni bezash va bo’yash bo’yicha mahorat darsi;
- 17:00−23:00 — Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universiteti, hamkor va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan burchak;
- 17:00−23:00 — karyera burchagi;
- 18:00−20:00 — “Dalahast” va “Nashvan"ning musiqiy chiqishlari.
Kirish bepul.
Tadbirda qatnashish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
- Sana18 avgust, 17:00