Madaniy meros obyektlari yaqinida yuk mashinalarining harakatlanishi taqiqlab qo'yildi

O‘zbekistonning tarixiy-madaniy meros obyektlari joylashgan ko‘chalarida og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo’lgan yuk mashinalarining harakatlanishi taqiqlab qo’yildi. Bunday qaror Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi qarorida nazarda tutilgan.
Moddiy madaniy meros ko’chmas mulk obyektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtincha yig’ish va saqlash joylarini binolar fasadining transporti va piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko’rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.
Bundan tashqari, chiqindilarni tashuvchi maxsus avtomashinalar tomonidan mazkur inshootlarga zarar yetkazilishining oldini olish choralari ko‘riladi.