Hafta davomida ob-havo o‘rtacha issiq bo'ladi

E’lon qilingan sana· 52
Hafta davomida ob-havo o‘rtacha issiq bo'ladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, 21−25-avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat dushanba kuni kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda va 22−24-avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +18…+23 daraja, kunduzi 21-avgustda +34…+39 daraja, 22−23-avgustda +32…+37 daraja, 24−25-avgustda +34…+39 daraja bo‘ladi. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-avgust kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat +30…+35 darajagacha pasayadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25-avgustda +37…+39 daraja, 22−25-avgustda +34…+37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +19…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ