Toshkentda otliq kavaleriya paradi bo‘lib o‘tadi
E’lon qilingan sana: · 836

Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Toshkentda otliq kavaleriya paradi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
Otlar ishtirokidagi parad 26-avgust kuni soat 18:00da Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Parad “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida kuch tuzilmalari va O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.