Anons
"Viki yodgorliklarni sevadi" xalqaro foto tanlovi
E’lon qilingan sana: · 83

Bu yil O‘zbekiston ilk bor Wiki loves monuments — “Viki yodgorliklarni sevadi” tarixiy binolar va diqqatga sazovor joylarga bag‘ishlangan xalqaro fototanlovida ishtirok etadi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
- O‘zbekistonning madaniy meros obyektlarini suratga olish;
- ularni Wikimedia Commons`ga yuklash;
- faqat roʻyxatdagi obyektlar qabul qilinadi (obyektlar roʻyxati tashkilotchilar tomonidan oʻzbek tilida taqdim etilgan. Qoraqalpoq, rus va ingliz tillariga tarjimalar qilinmoqda);
- o’zingiz suratga olishingiz va ularni bepul litsenziya ostida nashr qilishingiz lozim;
- fotosuratlar istalgan vaqtda olinishi mumkin, lekin 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha yuklanishi kerak.
Eng yaxshi ish mualliflari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovning Oʻzbekistondagi tashkilotchilari Vikimedia jamgʻarmasi va Ekologiya vazirligi koʻmagida oʻzbekzabon Wikimedia guruhi va ruscha Vikigidlar hamjamiyatidir.
1dan 31-oktabr 2023gacha