Hafta davomida havo iliq bo‘ladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir bo‘lishi mumkin.
O‘tgan hafta oxirida ob-havoning keskin o‘zgarishi kuzatildi. Respublika bo‘yicha barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi qayd etildi. Kunduzgi harorat 5−10 darajaga pasaydi.
Toshkent shahrida 28 va 29-avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. 30-avgustda hamda 31-avgust kechasi va ertalab qisqa mmuddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
31-avgust kunduzi va 1-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 28-avgustda +24…+26 daraja, 29−31-avgust va 1-sentabrda +25…+30 daraja bo‘ladi.