Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

E’lon qilingan sana· 3 244
Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtinchalik yopiladi

30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasining pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv tosishi holatlarining oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. 30-avgustdan 4-sentyabrgacha yuqorida ko‘rsatilgan hududda joylashgan kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo`lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ