Toshkentda bir qator avtobus yo‘nalishlari qisqartirildi

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 31-avgust kunidan boshlab bir qator avtobuslar yo‘nalishlari qisqartirildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, 31-avgustdan boshlab,
98-sonli “Chilonzor buyum bozori — Elektrokabel zavodi” yo’nalishi harakati Elektrokabel zavodi bekatidan Toshkent MUM bekatigacha qisqartiriladi hamda 60-sonli “Elektrokabel zavodi — Toshkent MUM” yo’nalishida xizmat ko’rsatuvchi Elektorbuslar soni 4 tadan 8 taga oshiriladi.
98-sonli yo‘nalishdan foydalanuvchi yo’lovchilar Elektrokabel zavodi bekatigacha yetib olish uchun yangi — 60-sonli “Elektrokabel zavodi — Toshkent MUM” yo’nalishi xizmatlaridan foydalishi kerak bo‘ladi.
2-sonli “Chilonzor 25-dahasi — Ekskavator zavodi” yo’nalishi harakati Ekskavator zavodi bekatidan Amir Temur hiyoboni bekatigacha qisqartiriladi.
2-sonli yo’nalishdan foydalanuvchi yo’lovchilar Ekskavator zavodi bekatigacha yetib olish uchun 89-sonli avtobus yo’nalishi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
87-sonli “Qora qamish 2/4-mavzesi — Chinni bozori” yo’nalishi harakati Chinni bozori bekatidan Al-Xorazmiy bekatigacha qisqartiriladi.
87-sonli yo’nalishidan foydalanuvchi yo’lovchilar Chinni bozorigacha yetib olish uchun 146-sonli avtobus yo’nalishi xizmatlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.