Toshkentda 12-sentyabrdan boshlab 4 ta avtobus yo‘nalishi qisqartiriladi
“Toshshahartransxizmat” AJ 12-sentyabrdan boshlab 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari qisqarishini e’lon qildi.
Ushbu yo‘nalishlar Prezidentinng 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qisqartirilayotgani aytilgan.
16-sonli “Haydarobod mahallasi — Toshkent vokzali” avtobus yo’nalishining harakati Haydarobod mahallasidan Navro’z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi. Ushbu yo‘nalish foydalanuvchilari 4-sentyabrdan yangi tashkil etilgan 159-sonli “Haydarobod mahallasi — Navro’z bozori” avtobus yo’nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
25-sonli “Yunusobod 9-dahasi — Seleksiya instituti” yo’nalishining harakati Seleksiya institutidan Navro’z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchilar Seleksiya institutigacha yetib olishlari uchun 4-sentyabr kunidan yangi tashkil etilgan 3-sonli “Navro'z bozori — O’nqo’rg’on mavzesi” avtobus yo’nalishidan foydalanishi kerak bo‘ladi.
117-sonli “Do'stlik 2-mavzesi — Food city savdo markazi” yo’nalishining harakati Do’stlik 2-mavzesidan Toshkent quvur zavodi bekatigacha qisqartiriladi. Yo‘lovchilar Do’stlik 2-mavzesigacha yetib olishlari uchun yangi tashkil etilgan 144-sonli “Do'stlik 2-mavzesi — Quruvchilar metrosi” avtobus yo’nalishiga o‘tishi kerak.
150-sonli “Chilonzor 25-dahasi -Yunusobod 19-dahasi” yo’nalishining harakati Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosii bekatigacha qisqartiriladi. Yo‘lovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olishlari uchun yangi tashkil etilgan 157-sonli “Do'stlik 2-mavzesi — Quruvchilar metrosi” avtobus yo’nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.