Toshkentda Xalqaro mushakbozlik festivali o'tkazilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 211
Toshkentda Xalqaro mushakbozlik festivali o'tkazilishi rejalashtirilmoqda

4−8 sentyabr kunlari Toshkentga tashrifi doirasida rossiyalik teleyulduz, teleboshlovchi, aktyor va prodyuser Leonid Yakubovich 2024-yil bahorida Oʻzbekiston poytaxtida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro mushakbozlik festivalini loyihasini vazirlik va idoralar hamda shahar jamoatchiligi vakillariga taqdim etdi. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Afisha.uz muxbiri.

Mazkur festival Navro’z bayrami nishonlanadigan kunlarda oʻtkazilishi va Oʻzbekistondagi pirotexnika shoulari tarixidagi eng yirik tadbir boʻlishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, festivalda ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan shu sohada faoliyat yuritadigan mutaxassislar jamoalari taklif etilgan.

Tadbirlar tashkilotchilari Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlar oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi Paragon Show kompaniyasi hamda taniqli tadbirkor, Slovakiyaning Oʻzbekistondagi Faxrli elchisi Vasiliy Shimko hisoblanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ