O‘zbekistonliklar oktyabr boshida ketma-ket ikki kun dam oladi

E’lon qilingan sana· 90
O‘zbekistonliklar oktyabr boshida ketma-ket ikki kun dam oladi

O‘zbekistonda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli 2-oktyabr, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan.

2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

Kodeksda quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlari etib belgilangan:

  • 1-yanvar — Yangi yil;
  • 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
  • 21-mart — Navro‘z bayrami;
  • 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
  • 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
  • 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
  • Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
  • Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ