Toshkentda avtomobilsiz kun bo'lib o'tadi

E’lon qilingan sana· 1 167
Toshkentda avtomobilsiz kun bo'lib o'tadi

22-sentyabr kuni O‘zbekistonda har yili o’tkaziladigan V Yevropa harakatlanish haftaligi doirasidagi xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi “Energiyani tejash” shiori barqaror shahar harakatini rag‘batlantirishda energiya samaradorligining muhim roliga urg’u bergan. Yevropa Ittifoqi tashabbusi 39 mamlakatning 2000 dan ortiq shaharlarini qamrab oldi.

“Energiyani asrash va tejash — iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, energiya xavfsizligini taʼminlash va jamoa farovonligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston transport infratuzilmasida energiya samaradorligi muhim rol o‘ynashini tan olish barqaror shahar harakatlanishiga yo‘l ochadi. Biz birgalikda yashil va adolatli kelajak sari intilyapmiz”, — dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Aholiga ekologik toza transport vositalarida harakatlanish, jumladan piyoda yurish, velosiped, metro va tramvaylardan foydalanish tavsiya etiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ