Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

E’lon qilingan sana· 662
Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

10−25-sentyabr kunlari Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)da YUNESKO Jahon merosi qoʻmitasining 45-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda, deya xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati.

Qo‘mita Jahon merosi ro‘yxatiga yangi nomzodnomalarni yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish bo‘yicha Xalqaro kengashning mutaxassis xulosalariga muvofiq ko‘rib chiqdi. Nomzodnomalarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta obyektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

“Ipak yoʻliga mansub Zarafshon-Qoraqum yoʻlagining Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi mazkur maskanning betakror tarixiy va madaniy qadr-qiymatiga berilgan eʼtirofdir. Qo‘mita tavsiyalarni tayyorlab chiqib, ularda boshqaruv rejasining keng ko‘lamini ishlab chiqish, muvofiqlashtirilgan strategiyani yaratish hamda tashrif buyuruvchilar uchun obyektni boshqarish tizimlarini joriy etish imkonini beradi — bu bandlarning amalga oshirilishi kelajak avlodlar uchun tarixiy merosni asrab-avaylash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Biz tavsiyalarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlab, xodimlar malakasini oshirish, mahalliy aholini Zarafshon-Qoraqum yo‘lagini boshqarish va saqlab qolishga jalb etishda ishtirok etamiz”, — dedi Gayane Umerova, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi.

Turli davrlarda barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri — Ipak yo‘lida joylashgan, u uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi. Loyiha tashabbuskori YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bo‘lib, muvofiqlashtiruvchi vazifani ham bajardi.

— “O‘zbekistonning bir qancha tarixiy ob’ekti umumjahon merosi ro‘yxatidan o‘rin olganidan xursandmiz. Bu O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki u Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlardan biri va tarixiy jihatdan ham alohida ahamiyatga molik zamin. YUNESKO uchun ham O‘zbekiston — muhim davlat. O‘zaro aloqalarimiz ayniksa oxirgi yillarda juda samarali bo‘lmoqda. Hamkorlik doirasida biz uchun ustuvor bo‘lgan barcha soha: iml-fan, ta’lim, madaniyat qamrab olinmoqda. Guvohi bo‘ldimki, davlatingiz rahbari madaniy, tarixiy merosni saqlash va bo‘lajak avlodlarga yetkazish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rib kelmoqda. Sizdagi aksariyat shaharlar buning ayni isboti. Kelgusida bizning munosabatlar yangi pog‘onaga o‘sishi kutilmoqda. Biz bundan juda mamnunmiz”, — dedi Ernesto Ottone, YUNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ