Inkuzart O'zbekistondagi suv isrofgarchiligiga bag‘ishlab graffiti chizdi

E’lon qilingan sana· 190
Inkuzart O'zbekistondagi suv isrofgarchiligiga bag‘ishlab graffiti chizdi

Inkuzart strit-art rassomi suv muammosiga atab graffiti chizdi. U Toshkentning aynan qayeriga chizilgani hali ma’lum emas, ammo rassom o‘z Telegram-kanalida jarayon aks etgan videoni e’lon qildi.

Suratda krandan oqayotgan suv, tarvuz va suvsizlikdan qiynalayotgan bola tasvirlangan. Rassom ko’pgina o‘zbek xonadonlarida tarvuz-qovunni sovutish uchun ichimlik suvi isrof qilinishi, buning ortidan qayerdadir bolalar suvsizlikdan qiynalishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Graffitidagi suv tillarangga bo‘yalgan, bu bilan rassom suvning qadrini oltinga tenglashtirgan deyish mumkin.