Dam olish kunlari yog'ingarchiliklar kutilmaydi
E’lon qilingan sana: · 329

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni Volgabo‘yi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduzgi harorat +23…+28 darajani tashkil etadi, kam bulutli va quruq havo bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari ham ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari +11…+16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari +25…+30 darajagacha isiydi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutimaydi, kunduzgi harorat +23…+25 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari +12…+14 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja bo‘ladi.