Dam olish kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 71
Dam olish kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, shanba kuni kunduzi nam havo massasi O‘zbekistondan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi.

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, payshanba kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keldi, juma kuni esa nam havo massalari respublikaning barcha hududlariga tarqalmoqda.

6-oktabr kuni kunduzi va 7-oktabrga o‘tar kechasi hududning katta qismida bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechagi kunga nisbatan 6−8 darajaga past bo‘lib, +18…+23 darajani tashkil etadi.

Shanba kuni kunduzi nam havo massasi O‘zbekiston hududidan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat ertalabki soatlarda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni esa O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni +22…+27 darajani tashkil etadi. Kechasi va ertalab salqin bo‘lishi kuzatiladi, havo harorati +9…+14 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, 6−7-oktabrda kechasi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 7-oktabrda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutimaydi. 8-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +11…+14 daraja, kunduzi 6-oktabrda +21…+23 daraja, 7−8-oktabrda +23…+26 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ