Samarqanddan Qozog‘istonning Turkiston shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda
E’lon qilingan sana: · 1 086

“Silk Avia” aviakompaniyasi Samarqand—Turkiston—Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab aviaqatnov yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, ushbu shaharga Farg‘onadan ham parvozlar amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Birinchi parvoz 14-oktyabr kuni charter asosida amalga oshiriladi. Parvoz 1 soat 20 daqiqa davom etadi. Chiptalar narxi bir tomonga 920 ming so‘mdan boshlanadi. Chipta narxiga 5 kg qo‘l yuki va 20 kg bagaj kiradi.
Aviachiptalarni silk-avia.com rasmiy veb-sayti, kompaniya mobil ilovasi, aloqa-markaz operatorlari (+998(55) 501−22−12) yoki O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar kassalarida xarid qilish mumkin.