Toshkentda elektrosamokat va skuterlarda faqat piyodalar yo‘lakchasidan harakatlanish taklif etilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, qonunchilikka “Individual harakatlanish vositalari” tushunchasi kiritilmoqda. U dvigatel (dvigatellar) (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) yordamida odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi sanaladi.
Individual harakatlanish vositalarini 14 yoshdan kichik shaxslar, mast odamlar boshqarishi, yo‘lovchi bilan boshqarish, telefondan foydalanish taqiqlanadi.
Trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi lozim.