HONOR o’zining HONOR OVOZI milliy loyihasini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 949
HONOR o’zining HONOR OVOZI milliy loyihasini e’lon qildi

HONOR brendning O‘zbekistondagi rasmiy ovozini tanlash uchun katta tanlov e’lon qildi. G‘olib ishtirokchi “mamlakatdagi ovoz elchisi” unvonini qo’lga kiritadi va uning ovozi HONOR mahsulotlarining O‘zbekistondagi reklama roliklari va nashrlarida ishtirok etadi.

G‘olib, shuningdek, sovg‘a sifatida juda ko‘p gadjetlarni qo’lga kiritadi: to‘rtta smartfon — HONOR 90, X9a, X8a va X7a, Magicbook X14 2023 noutbuki va HONOR Choice Earbuds X3 Lite simsiz quloqchinlari. Bu sovrinlarning barchasi g’olib ishtirokchining butun oilasi uchun taqdim etiladi.

Loyiha 9-oktabrda boshlanadi, unda ishtirok etish uchun arizalarni topshirish 2023-yil 25-oktabrgacha davom etadi. Bu davrda istalgan kishi “Go Beyond HONOR” so‘zlarini talaffuz qilgan holda audio yozib olishi va tayyor faylni HONOR Uzbekistan sahifasi orqali yuborishi mumkin. G‘olib bo’lgan ishtirokchining ovozi kompaniyaning turli platformalarda bo‘lajak reklama roliklari va onlayn nashrlari oxirida qo‘llaniladi.

Hakamlar hayʼati kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuzini, ovozning ifodaliligini, uning tembrini, shuningdek, ishtirokchilarning xarizmasi va artikulyatsiyasining ravshanligini baholaydi. Shuning uchun ushbu omillarga alohida eʼtibor berish va yurakdan, barcha mahoratni ishga solib ovoz yozish juda muhimdir. Iboraning talaffuzi bo’yicha namunalarni ushbu saytdan topish mumkin.

HONOR OVOZI tanlovida 18 yoshga to‘lgan har bir O’zbekiston fuqarosi o‘zini sinab ko‘rishi mumkin. Agar ishtirokchi yoshroq bo‘lsa, ota-onaning ruxsati talab qilinadi. Demak, ishtirok etish uchun yosh chegarasi yo‘q. Tanlovning batafsil qoidalari, shuningdek ommaviy oferta bilan bu yerda tanishish mumkin.

Intellektual texnologiyalar bo‘yicha jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylangan HONOR kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan va O‘zbekiston bozoriga 2021-yilda kirib kelgan. Kompaniyaning asosiy maqsadi — yuqori sifatli va ishonchli mahsulotlarni taqdim etish orqali butun dunyodagi odamlarga yaxshiroq hayot sifatini taʼminlovchi global texnologiya brendiga aylanish.

HONOR‘ning asosiy eʼtibori innovatsiyalar, sifat va xizmatga qaratilgan. Kompaniya butun dunyodagi odamlarga o‘z chegaralarini kengaytirish uchun yordam beradigan yangi texnologiyalarni faol ravishda ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, HONOR smartfonlar, noutbuklar, quloqchinlar va boshqa qurilmalar kabi innovatsion mahsulotlar portfeli orqali sayyoradagi har bir kishi uchun intellektual dunyoni yaratishga intilmoqda.

O‘zbekistondagi HONOR yangiliklarini hihonor.com rasmiy sayti va Instagram sahifasida kuzatib borish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ