“Toshkent—Samarqand” va “Navoiy—Buxoro” yo‘nalishlari uchun 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi

E’lon qilingan sana· 180
“Toshkent—Samarqand” va “Navoiy—Buxoro” yo‘nalishlari uchun 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi

“Toshkent-Samarqand” va “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqida ma‘lum qildi.

Prezident O‘zbekistonnning Turizmni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasida asosiy yo‘nalish sifatida zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat berilishini aytgan.

Ma‘lum qilinishicha, “Toshkent-Samarqand” va “Navoiy-Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi, 600 kilometr qo‘shimcha temir yo‘llar quriladi. 2025-yildan boshlab “Toshkent-Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, 2026-yildan esa ushbu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.

Shuningdek, “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida pullik avtomagistrallar qurilishi prezident nutqida yana bir bor ta‘kidlangan. Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqarishi ham alohida qayd etilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ