Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 3386
Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O’zgidromet`ning xabar berishicha, 20-oktabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +24…+27 daraja bo‘ladi.

21-oktabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 22-oktabr, yakshanba kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari havo harorati kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda 20−22-oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-oktabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +20…+23 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ