Hafta boshida havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi

E’lon qilingan sana· 121
Hafta boshida havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi

O’zgidromet`ning xabar berishicha, ushbu hafta davomida harorat kechalari +7…+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Dushanba kuni kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida o‘rtacha jadallikdagi yomg‘irlar yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13…+18 daraja atrofida, ba’zi joylarda 20 darajagacha bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo +22…+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi.

26-oktabrda respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va shurqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.

27-oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +17…+22 daraja bo‘ladi.

Ushbu hafta davomida harorat kechalari +7…+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Poytaxtda 23-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +14…+16 daraja bo‘ladi. 24−25-oktabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +21…+24 darajagacha ko‘tariladi.

26-oktabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat +16…+18 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ