Toshkent metrosida qo‘lni sknerlash orqali to‘lov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 519
Toshkent metrosida qo‘lni sknerlash orqali to‘lov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent metropolitenida qo‘lni sknerlash orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyatini beruvchi Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

ATTO to‘lov tizimi vakili — kompaniya bosh mutaxassis Otabek Alimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangilik Transport vazirligi, Rossiyaning VisionLabs kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

“Biz bugun ko‘rgazma doirasida Handpay tizimini namoyish etmoqdamiz. Bunda mijozlar skanerga qo‘lini ko‘rsatishi orqali to‘lovni amalga oshiradi. Bu xizmatdan foydalanish uchun ilovamizga Facepay [yo‘lkirani odam yuzi orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim] kabi ma’lumotlarni kiritish kerak bo‘ladi, u esa hozirgi kunda Buyuk ipak yo‘li metro bekatida sinov tariqasida ishlamoqda. Shu bilan bir paytda aholining yangi tizim borasidagi fikrlari hamda takliflari o‘rganilmoqda”, — dedi u.

Qayd etilishicha, yangi tizim (Handpay) Facepay tizimi barcha metro bekatlarini 100 foiz qamrab olib, odamlar o‘rganib olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ