O'zbekistonda yangi Humo Air aviakompaniyasi ishga tushmoqda

E’lon qilingan sana· 793
O'zbekistonda yangi Humo Air aviakompaniyasi ishga tushmoqda

25-oktyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida yangi loukoster aviakompaniya — Humo Airning birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati Afisha.uz`ga xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Shveysariyaning Valleyroad Capital investitsion kompaniyasiga Humo Air`ning asosiy strategik hamkori aylandi.

Yil oxirigacha Humo Air uchta zamonaviy Airbus A320 samolyotlarini olishni rejalashtirmoqda. Oʻzbekistonda boshlangan faoliyatning birinchi kvartalida loukoster 1000 dan ortiq reyslarni amalga oshirish va ikki yuz mingdan ortiq yoʻlovchini manzillariga yetkazishni ko’zda tutgan.

Ma’lumotga ko’ra, Humo Air aviakompaniyasi Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termiz shaharlariga har kuni muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. O‘zbekiston bo‘ylab yo‘nalishlarga chiptalar narxi — 155 000 so‘mdan boshlanadi.

Kelgusi yilda xalqaro yo‘nalishlar: Olmaota, Istanbul va Dubayga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ