O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga ko‘payayotgani ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 2011
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga ko‘payayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2% ga oshgan. Aholi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan. 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 million kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ