Toshkent metrosining yerusti yo‘nalishidagi 3 ta bekat vaqtinchalik yopiladi

E’lon qilingan sana· 1 114
Toshkent metrosining yerusti yo‘nalishidagi 3 ta bekat vaqtinchalik yopiladi

Toshkent metropolitenining Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) va Quruvchilar (12-bekat) bekatlari 3−5-noyabr kunlari yopiladi.

Mazkur bekatlar “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so‘ngi bosqichi amalga oshirilayotgani sabab vaqtinchalik xizmat ko‘rsatmaydi.

3−5-noyabr kunlari Turon va Qipchoq bekatlarini yo‘nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlari olib boriladi.

“Qiyot” (9-bekat) — “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ