1-noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yo'l haqi oshirilmoqda

E’lon qilingan sana· 1 195
1-noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yo'l haqi oshirilmoqda

Poytaxt jamoat transportida yangi, qo’shimcha va rag’batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga ko’ra, bir yo’lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalarti orqali 2000 so’m, ATTO transport kartalari orqali to’lov uchun esa 1700 so’m etib belgilanmoqda.

Xabarga ko’ra, yo’lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo’l haqi uchun 700 so’m to’laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.