HONOR mashhur HONOR OVOZI loyihasining finalchilarini tanladi

E’lon qilingan sana· 1 666
HONOR mashhur HONOR OVOZI loyihasining finalchilarini tanladi

Brend hakamlar hay’ati kompaniyaning O‘zbekistondagi “ovoz elchisi”ni topish uchun tashkil qilinayotgan loyihaning 30 nafar finalchisini tanlab oldi va mamlakat aholisiga g‘olibni tanlashni taklif qilmoqda.

HONOR kompaniyasi o’zbekistonliklar orasida o‘ziga xos jarangdor ovozni topish maqsadida HONOR OVOZI loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi. Tanlov davrida, 2023-yil 9-oktabrdan 25-oktabrgacha O‘zbekistonning barcha fuqarolari loyihada ishtirok etishlari va brendning “ovoz elchisi"ga aylanishlari mumkin edi. G‘olibning ovozi HONOR kompaniyasining mamlakatdagi reklama roliklari va marketing materiallari yakunida qo‘llaniladi.

25−29-oktabr kunlari nufuzli HONOR hakamlar hay’ati “GO Beyond HONOR” iborasi talaffuz qilingan 10 000 dan ortiq ovozli yozuvlarni tinglab chiqdi. Mutaxassislar kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuzi, ovozning o‘ziga xosligi, tembri, shuningdek, ishtirokchilarning shaxsiy xarizmasi va diksiyasining ravshanligini baholadi. Natijada 30 nafar finalchi tanlab olindi, ulardan biri ommaviy ovoz berishdan so’ng mamlakatda mashhur bo’lib, HONOR “ovoz elchisi"ga aylanadi. Bundan tashqari, g‘olibni HONOR oila uchun gadjetlari to‘plami kutmoqda: HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X7a va HONOR 90, HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlari, shuningdek Magicbook X14 2023 noutbuki.

HONOR tomonidan respublika fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilayotgan loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 2023-yil 30-oktabrdan 3-noyabrga qadar har bir fuqaro o‘ziga yoqqan ovoz namunasiga ovoz berish orqali g‘olibni tanlashi mumkin. Ovoz berish uchun loyihaning tanlov saytida finalchilarning yozuvlarini tinglash va eng noyob ovozni tanlash kerak bo’ladi.

Umumiy ovoz berish natijalarini sarhisob qilish va e’lon qilish 2023-yil 6-noyabrga rejalashtirilgan. HONOR OVOZI loyihasining natijalari haqida hammadan oldin brendning Instagram'dagi rasmiy sahifasiga yoki hihonor.com rasmiy saytiga obuna bo‘lish orqali bilib olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.