Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

E’lon qilingan sana· 81
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Agentlik hafta oxirida O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytib kelganini qayd etib, havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda o‘zgarib turishi va shamol o‘rtacha tezlikda esishini bildirdi.

Harorat kechalari 5…+10 daraja iliq, kunduzi 19…+24 daraja iliq, janubda 25…+27 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtda 3−5-noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7…+10 daraja iliq, kunduz kunlari 20…+23 daraja iliq bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ