8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi

E’lon qilingan sana· 1 587
8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi

Toshkent shahar ichki ishlar bo‘limining xabar berishicha, 8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu 8−9-noyabr kunlari “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti"ning 16-sammiti o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

8−10-noyabr kunlari quyidagi ko‘chalar bo‘ylab harakat cheklanadi:

  • Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur — Shota Rustaveli chorrahasigacha;
  • Nukus — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
  • Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
  • Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
  • Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
  • Furqat — Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshyog‘och chorrahasigacha;
  • Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.

Harakatlanish cheklangan ko‘chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

“Hurmatli haydovchilar, shu kunlardan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Sizlardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 8 va 9-noyabr kunlari Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ