Toshkent—Xojikent elektropoyezd qatnovi jadvali yangilandi

E’lon qilingan sana· 1 016
Toshkent—Xojikent elektropoyezd qatnovi jadvali yangilandi

4-noyabrdan boshlab Toshkent—Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezdning bir qator reyslari noma’lum muddatgacha bekor qilindi. Ushbu reyslar quyidagi rasmda kulrang bilan belgilangan qatorlarda ko‘rsatilgan.

Shunday qilib, Toshkent Shimoliy vokzalidan Xojikentga birinchi poyezd 7:10 da emas, 13:44 da harakatlanadi. Keyingi reys esa soat 19:16 da.

Xojikentdan Toshkentga birinchi poyezd soat 5:20 da, oxirgi poyezd esa 16:10 da jo‘naydi. Ertalab soat 6:40 va 10:10 dagi ikkinchi va uchinchi reyslar bekor qilingan.

Toshkentdan Xojikentga (va qarama-qarshi yo‘nalishda) borish chiptalari narxi o‘zgarmagan — kattalarga 6000 so‘m, yosh bolalarga esa 4500 so‘m.