2023-yilning oktyabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 141
2023-yilning oktyabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

2023-yilning oktyabr oyi, Yevropa Ittifoqining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Copernicus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Yerdagi o‘rtacha harorat bo‘yicha rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan oyda o‘rtacha harorat 15,3 darajani tashkil etgan, bu 2019-yilda qayd etilgan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichdan 0,4 darajaga yuqori. Hisobotda qayd etilishiga ko’ra, harorat anomaliyasi ham 1991−2020-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,85 darajaga yuqori bo‘lgan.

Umuman olganda, oy 1850−1900-yillardagi sanoat davrigacha oktyabr oyidagi o‘rtacha haroratga nisbatan 1,7 ° C issiqroq bo‘ldi. 2023-yilning yanvar-oktyabr oylari bir taqvim yili uchun global o‘rtacha harorat rekord darajadagi eng yuqori bo‘lib, 1850−1900 yillardagi sanoat davrigacha bo‘lgan o‘rtacha ko’rsatkichdan 1,43 ° C yuqori bo‘lgan. Hozirda qayd etilgan eng issiq kalendar yili bo‘lib turibdi.

“Oktabr 2023-yilda rekord darajadagi haroratning to‘rtinchi oyi bo‘ldi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 2023-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ladi”, — deya qayd etdi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Burgess.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ