Toshkentda 10-noyabrdan boshlab qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 522
Toshkentda 10-noyabrdan boshlab qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati 10-noyabrdan boshlab poytaxtda 12, 73, 133 va 150-sonli avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgartirilishini ma‘lum qildi.

12-sonli “Food city savdo markazi — Boshliq mavzesi” yo‘nalishining harakati Food city savdo markazi bekatidan Qoʻyliq dehqon bozori bekatigacha qisqartiriladi.

26, 54 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Ohangaron shox koʻchasi va Shoximardon koʻchasi kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali amalga oshiriladi.

133-sonli “Qipchoq AShB — Food city savdo markazi” yoʻnalishining Food city savdo markazidan qaytish harakati Gulzor mahallasiga kirmagan holda 4P21, Jaloir mahallasi, 4P21 yoʻli orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartiriladi.

73-sonli “Chorsu metrosi — Chinni bozori” yoʻnalishida o‘zgarish O‘rikzor bozori yaqinida bo‘ladi, endi avtobuslar sal oldinroqdan qayriladi.

150-sonli “Chilonzor 25-dahasi — Paxtakor metrosi” yoʻnalishining harakati Furqat ko’chasidan Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor, KHAY, Labzak ko‘chalari orqali Malika fabrikasi bekatigacha uzaytiriladi hamda qaytish yo‘nalishi Labzak, Nurafshon, Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab tashkil qilinadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ