O‘zbekistondagi “Qizil kitob”ga kiritilgan ko'chib yuruvchi hayvonlar – foto

E’lon qilingan sana· 4 007
O‘zbekistondagi “Qizil kitob”ga kiritilgan ko'chib yuruvchi hayvonlar – foto

10-noyabr — O‘zbekistonda ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni. Shu munosabat bilan Ekologiya vazirligi O‘zbekiston “Qizil kitobi” va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining “Qizil ro‘yxati"ga kiritilgan bu turdagi hayvonlar haqida ma’lumot bilan bo‘lishdi.

O‘zbekistonda bu kun 2013-yildan beri muntazam nishonlanadi. 1979-yilda Germaniyaning Bonn shahrida “Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risida"gi konvensiya imzolangan va 4 yil o‘tib kuchga kirgan. O‘zbekiston unga 1998-yil 1-sentyabrda qo‘shilgan.

Ta’kidlanishicha, 2024-yil 12−17-fevral kunlari Samarqand shahrida Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining (CMS COP14) 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu tadbir O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkaziladi.

O‘zbekistondagi “Qizil kitob"ga kiritilgan ko’chib yuruvchi ba’zi hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Qor qoploni

O‘zbekiston “Qizil kitobi"ga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi “Qizil ro‘yxati"ga to‘liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvon sifatida kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda yashaydi. O‘zbekistonda ularning soni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 30−50 dan 80−120 atrofida.

Sayg‘oq

Mazkur ro‘yxatlarga to’liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan maqomi bilan kiritilgan. Ustyurt platosida va janubiy Orolbo‘yida yashaydi. Miqdori: 500 atrofida.

Osiyo leopardi

Yuqoridagi ikki ro‘yxatga to‘liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvon sifatida kiritilgan. Yashash joylari: Bobotog‘ tizmasi, Susiztau tog‘lari. 1950-yildan keyin uchragani tasdiqlanmagan.

Buxoro qo‘yi

O‘zbekiston “Qizil kitobi"ga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi “Qizil ro‘yxati"ga to‘liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvon sifatida kiritilgan. Ko‘hitang, Bobotog‘ va Boysuntog‘ tizmalarida uchraydi. Umumiy soni 110−130 atrofida.

Ustyurt qo‘yi

Mazkur ikki ro‘yxatga to‘liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvonlar qatoriga kiritilgan. Faqat Janubiy Ustyurtda uchraydi. Ularning soni taxminan 150 tani tashkil qiladi.

Jayron

O‘zbekiston “Qizil kitobi” va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi “Qizil ro’yxati"ga zaif, kamayib borayotgan kichik tur sifatida kiritilgan. Ustyurt platosida, Qizilqum cho’lida yashaydi. Soni 7000−9500 atrofida.

Turkman quloni

To‘liq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvon sifatida ro‘yxatlarga kiritilgan. Qulonlar XIX asr oxiri — XX asr boshlarida O‘zbekiston hududida uchramay qo‘ygan. So‘nggi yillarda esa yurtimizda yana uchramoqda.

Buxoro bug‘usi

Yo’qolib ketish xavfi ostidagi maqomi bilan O‘zbekiston “Qizil kitobi"ga kiritilgan. Amudaryo va Zarafshon daryolarining pasttekisliklarida yashaydi. Soni 2600−2700 atrofida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ