Samarqanddan Izmirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

E’lon qilingan sana· 128
Samarqanddan Izmirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi Samarqanddan Izmirga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda muntazam qatnovlarni haftada ikki marotaba — dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiradi:

  • Izmirdan uchish soati 22:05 — Samarqandga kelib qo‘nish soati 4:40;
  • Samarqanddan uchish soati 5:40 — Izmirga kelib qo‘nish soati 9:05.

Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan. Chiptalarni “Samarqand” xalqaro aeroporti kassalaridan hamda aviakompaniya saytidan xarid qilish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2023 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ