Toshkentda 3 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi, 158-sonli avtobus harakati esa to‘xtatilmoqda

E’lon qilingan sana· 480
Toshkentda 3 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi, 158-sonli avtobus harakati esa to‘xtatilmoqda

Toshkentda 74, 141, 161 va 158-sonli avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

22-noyabrdan boshlab:

74-sonli «Nayman mahallasi — Chilonzor metrosi» yoʻnalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda. Yoʻnalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor koʻchasi orqali (Gavhar koʻchasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) harakatlanadi.

141-sonli «Karvon bozori — Paxtakor metrosi» yoʻnalishining harakati KHAYdan Bogʻiston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh koʻchalari orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻylab o‘zgartiriladi.

161-sonli «Erkin mahallasi — Olmazor metrosi» yoʻnalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qoʻrgʻonigacha uzaytiriladi.

23-noyabr kunidan boshlab, 158-sonli «Quyoshli qo’rg’oni — Do’mbirabod mavzesi» avtobus yoʻnalishining harakati to’xtatiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ