YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 452
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

2023-yil 22-noyabrda O‘zbekiston vakillarining YUNESKOga a’zo mamlakatlar bilan olib borgan qizg‘in muzokaralari natijasida Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi.

O‘zbekiston hukumati YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda O‘zbekistonning Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qilgan edi.

“YUNESKO Konstitutsiyasi va Bosh konferensiya jarayonlari qoidalariga to‘liq muvofiq keluvchi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tashabbusi YUNESKO o‘zi tashkil topgan onlaridan buyon rag‘batlantirib kelayotgan asosiy qadriyatlarni ilgari surish, ayniqsa, tamaddunlar, madaniyatlar va xalqlar o‘rtasidagi xilma-xillik va muloqotni yanada targ‘ib etishga salmoqli hissa qo‘shadi”, — deyiladi xabarda.

40 yil ichida ilk bor Bosh konferensiya YUNESKO qarorgohidan tashqarida o‘tkaziladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ