Samarqandda bepul dasturlash maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boshlandi

E’lon qilingan sana· 157
Samarqandda bepul dasturlash maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boshlandi

Samarqandda 2023-yilda ish boshlaydigan School 21 bepul dasturlash maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boshlandi. Ilk saralangan intensivning boshlanishi 2023-yilning dekabr oyiga moʻljallangan. Maktabning sayti orqali oʻqish uchun arizalarni topshirish mumkin.

Ma’lumotga ko’ra, intensivdan oʻtish bu yakuniy saralash bosqichi boʻlib, u School 21 kampusida 26 kun davomida tashkil qilinadi.

Intensiv — bu C dasturlash tilining ixcham kursidir. Ishtirokchilar kurs davomida shaxsiy va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar. Intensivning natijalarga koʻra, qatnashchilar asosiy mashgʻulotlarga yoʻllanma olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bepul maktabga kirib, IT mutaxassisi boʻlish istagi borlar 18 yoshdan oshgan boʻlishlari kerak. Maktabda turli yoʻnalishlarda taʼlim beriladi: tarkibiy dasturlash ©, obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (C++), kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, maʼlumotlar bazalari (SQL), amaliy dasturlash (Java, Python, Golang), shuningdek mobil dasturlash, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqalar.

Tashkilotchilarning qayd etishiga ko’ra, oʻquv mashgʻulotlari raqamli taʼlim platformasida, sohaga yoʻnaltirilgan, moslashuvchan va doimiy rivojlanib boradigan kontent orqali amalga oshiriladi.

Peer-to-peer metodikasi, yaʼni maʼruzachilar, baholarsiz va maʼruzalarsiz oʻqitish yuqori sifatli taʼlimga erishishga imkon beradi, — deyiladi xabarda.

Oʻqitish bosqichlaridan biri — uch oylik majburiy amaliyotdir. Har bir ishtirokchi amaliyot boshlangunga qadar kamida uchta dasturlash tilini oʻrganib oladi va bu bilimlarni kasbiy faoliyatda qoʻllaydi.

Kampus Samarqand shahridagi Ibn Sino koʻchasi, 17, manzilida joylashgan boʻladi. Asosiy taʼlim uchun yillik qabul 800 dan ortiq kishini tashkil qilishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ