Toshkent hayvonot bog’iga yangi jonivorlar keltirildi
E’lon qilingan sana: · 5 908

Toshkent hayvonot bog’i safi kengayib, yangi jonivorlar keltirilgani haqida xabar berdi. Ular orasida uchta zebra, uchta jirafa bolalari, oq bengal yo’lbarsi va oq sher bor.
Ma’lumotga ko’ra, mazkur hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan. Hayvonlarni tashish CargoPoint kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Yoxannesburg — Antananarivu — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 10 827 km masofani bosib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, «Wildlife care» boshqaruv kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirgan.
«Hayvonlar moslashish davrini o’tkazishlari bilanoq bizga tashrif buyurishingizni kutamiz, chunki ular uyatchan bo’lishi mumkin (shuning uchun ular dastlab keraksiz e’tibordan yashirinishlari mumkin», — deyiladi xabarda.