Uzbekistan Airways talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 635
Uzbekistan Airways talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-bino manzilida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ